Erkin agent sifatida Ispaniyaning «Malaga» klubiga o‘tish arafasida turgan Antoni Marsyal yozgi transfer oynasida Fransiyaning «Loryan» klubiga ham taklif qilingan.
30 yoshli hujumchi iyun oyida Meksikaning «Monterrey» klubi bilan shartnomasini bekor qilgan edi.
«Menimcha, transfer oynasi davomida bizga 400–450 nafar futbolchi taklif qilindi. Ular orasida ancha ko‘p sobiq terma jamoa a’zolari ham bor edi. Masalan, Antoni Marsyal ham taklif qilingan.
Katta klublarda o‘ynagan futbolchilar ham, yoshroq o‘yinchilar ham bor edi. Biz ularni to‘g‘ri saralashimiz kerak edi. Ammo o‘z tomonimizdan qanday turdagi futbolchilarni izlayotganimiz borasida aniq tasavvurga ega edik», — dedi «Loryan» sport direktori Loran Kosyelni.













