Ispaniya qirollik futbol federasiyasi o‘z veb-saytida Ispaniya Superkubogini o‘tkazish rejasini e’lon qildi. Ma’lumki, musobaqa sovrini Turkiyada o‘ynaladi.
«Barselona» va «Atletiko» to‘qnash keladigan birinchi yarim final 2027 yilning 2 fevral, seshanba kuni bo‘lib o‘tadi. Jamoalar «Fenerbahche»ning taxminan 48 ming tomoshabinga mo‘ljallangan uy stadionida maydonga tushishadi.
Keyingi kuni, 3 fevral kuni «Real Sosyedad» va «Real» o‘rtasidagi ikkinchi yarim final o‘yini bo‘lib o‘tadi. Ushbu bellashuvni «Beshiktash»ning 42 mingga yaqin muxlisni qabul qila oladigan uy arenasi qabul qiladi.
Superkubok finali 6 fevral, shanba kuni bo‘lib o‘tadi. Uchrashuv 53 mingdan ortiq ishqibozlarni o‘z bag‘riga sig‘dira oladigan «Galatasaray»ning uy arenasida o‘tkaziladi.













