«Kristal Pelas» himoyachisi Kris Richards Yevropa ligasi umumiy bosqichi 1-turida «Lex» ustidan qozonilgan 4:0 hisobidagi g‘alabaga izoh berdi.
«Kecha ajoyib o‘tdi! O‘z maydonimizda darvozamizni daxlsiz saqladik — butun mavsum davomida buning uchun qattiq mehnat qildik. Menimcha, bu natijaga munosib edik.
Bundan tashqari, bir nechta futbolchimiz gol urishga muvaffaq bo‘ldi, ular orasida men ham bor. Shuning uchun, nazarimda, bu mavsum uchun juda yaxshi boshlanish bo‘ldi», — deya Richardsning so‘zlarini UEFA rasmiy sayti keltirdi.
Yevropa ligasi umumiy bosqichi 2-turida «Kristal Pelas» «Lion»ga qarshi bahs olib boradi, «Lex» esa «Bayer» bilan uchrashadi. Har ikki o‘yin 15 oktyabr kuni bo‘lib o‘tadi.













