Ispaniyaning «Espanyol» klubida jiddiy kiberxavfsizlik muammosi yuzaga keldi. Xakerlar klubning chipta va abonementlar sotiladigan platformasiga buzib kirgan.
Eng asosiy muammo — mazkur platformada ro‘yxatdan o‘tgan muxlislarning shaxsiy ma’lumotlari sizib chiqqan bo‘lishi mumkinligi.
Hujum avgust oyining birinchi yarmida sodir bo‘lgan, ammo bu haqda faqat hozir ma’lum qilindi, deya xabar berdi derbyderbyderby.it.
«Firibgarlik mazmunidagi xabarlar olish, shaxsiy ma’lumotlarni o‘g‘irlashga urinishlar yoki klub, moliyaviy tashkilotlar va boshqa taniqli muassasalar nomidan yuborilgandek ko‘rinadigan ijtimoiy muhandislik usullaridan foydalanish xavfi mavjud», — deya klub matbuot xizmati asosiy xavfni izohladi.
«Espanyol» ushbu holat yuzasidan tergov olib borilayotganini ma’lum qildi.













