"Barselona" yarim himoyachisi Fermin Lopes futbol maydonidan tashqaridagi kelajak maqsadlari haqida gapirdi.
"Futboldan tashqari hayot haqida gapiradigan bo‘lsam, kelajakda oila qurishni va barcha yaqinlarim sog‘-salomat bo‘lishini istayman. Shuningdek, o‘z uyimni qurib, uni to‘liq jihozlashni ham xohlayman.
Bular — o‘z oldimga qo‘ygan maqsadlarim. Ammo hozircha ularga erishishga ancha vaqt bor", — deya 23 yoshli ispaniyalik futbolchining so‘zlarini GQ keltirdi.
Fermin Lopesning "Barselona" bilan shartnomasi 2031 yil iyun oyi oxiriga qadar amal qiladi.
Transfermarkt portali mutaxassislari yarim himoyachining bozor qiymatini 100 million yevroga baholamoqda.













