"Barselona" hujumchisi Lamin Yamal Ispaniya terma jamoasi bilan jahon chempionligini qo‘lga kiritgan zahotiyoq navbatdagi Jahon kubogini yutishni maqsad qilganini aytdi.
Yamal 19 yoshida jahon chempioniga aylandi. Bunga qadar u Ispaniya terma jamoasi bilan Yevropa chempionatida ham g‘olib chiqqan edi.
"Jahon chempionatini yutgan kunimning o‘zidayoq yana bir bor g‘olib bo‘lishni istadim", — deya futbolchining so‘zlarini Fabrisio Romano keltirdi.
Shuningdek, Yamal "Barselona" bilan Ispaniya chempionatida uch marta g‘olib chiqqanidan keyin La Ligani yana kamida shuncha marta yutishni maqsad qilganini bildirdi.
Transfermarkt portali ma’lumotiga ko‘ra, Yamal ayni paytda dunyoning eng qimmat futbolchisi hisoblanadi. Uning bozor qiymati 220 million yevroga baholanmoqda.













