«Inter» rasmiy sayti jamoaning sobiq hujumchisi, butun faoliyatini Milan klubida o‘tkazgan Sandro Massola 83 yoshida vafot etganini ma’lum qildi.
«Inter», klub prezidenti Juzeppe Marotta, vise-prezident Xavyer Zanetti, bosh murabbiy Kristian Kivu va uning shtabi, futbolchilar hamda klubning barcha xodimlari «neradzurri» va jahon futboli afsonasi Sandro Massolaning vafoti munosabati bilan chuqur qayg‘uda. Klub uning xotirasini asrab kelayotgan oila a’zolariga samimiy hamdardlik bildiradi.
Massola tarixdagi eng buyuk futbolchilardan biri edi. Va bu faqat «neradzurri» tarixiga taalluqli emas. Uning o‘zi «Inter» tarixining bir qismi edi: klubga hali bolaligida kelgan Massola uni hech qachon tark etmadi», — deyiladi klub bayonotida.
Massola 1960 yildan 1977 yilgacha «Inter» safida 567 ta o‘yin o‘tkazib, 162 ta gol urgan va 15 ta golli uzatmani amalga oshirgan. Italiya terma jamoasi tarkibida esa 70 ta uchrashuvda 22 ta gol muallifi bo‘lgan.













