«Bavariya» bosh murabbiyi Vensan Kompani Germaniya chempionatining 4-turida «Union» ustidan qozonilgan 7:0 hisobidagi g‘alabaga izoh berdi. Fransiyalik hujumchi Mikael Olise xet-trik qayd etdi va yana bir golli uzatmani amalga oshirdi.
«Albatta, bunday ajoyib g‘alabadan juda xursandmiz. Endi muxlislar Oktoberfestga yo‘l olishlari mumkin. Bu ular uchun yaxshi sovg‘a bo‘ldi.
Bugun futbolchilarning har bir to‘p uchun qanday ishtiyoq bilan kurashganini ko‘rdingiz. Albatta, Olise bu gollarni juda mahorat bilan urdi, ammo u mashg‘ulotlarda bunday zarbalar ustida ko‘p ishlagan.
Top-futbolchilarga ham faqat iqtidorning o‘zi yetarli emas. Buning ortida ulkan mehnat yotadi», — deya Kompanining so‘zlarini klub rasmiy sayti keltirdi.













