Kirish Ro'yxatdan o'tish
25/09 10:00 O‘zbekiston 3-0 Saudiya Arabistoni
25/09 15:30 Janubiy Koreya - Vyetnam
26/09 11:00 Xitoy - Tailand
26/09 15:30 Yaponiya - KXDR

«Marsel» 62 yildan beri kuzatilmagan darajada mavsumni yomon boshladi

«Marsel» 62 yildan beri kuzatilmagan darajada mavsumni yomon boshladi

Baho:
+ | -

Fransiyaning «Marsel» klubi yana mag‘lubiyatga uchradi. Bu safar jamoa Yevropa ligasining dastlabki turida Turkiyaning «Beshiktosh» klubiga 1:4 hisobida yirik hisobda yutqazdi.

Provans jamoasi uchun mavsum boshlanishi o‘ta muvaffaqiyatsiz kechmoqda. «Marsel» barcha musobaqalarni hisobga olganda dastlabki besh uchrashuvning to‘rttasida mag‘lub bo‘ldi.

Ma’lum bo‘lishicha, klubda bunday omadsiz start so‘nggi marta 1964/1965 yilgi mavsumda qayd etilgan.

Ayni paytda «Marsel» Fransiya chempionati turnir jadvalida atigi 13-o‘rinni egallab turibdi.

Liga 1ning navbatdagi turida «Marsel» Parijning «PSJ» klubiga qarshi maydonga tushadi. Uchrashuv 20 sentyabr, yakshanba kuni bo‘lib o‘tadi.

Kiritildi: 08:45, 19.09.2026.
O'qildi: 683 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик