"Bavariya" hujumchisi Xarri Keyn yana bir bor klubdagi kelajagi haqidagi savolga javob berdi.
Myunxen klubi rahbariyati angliyalik futbolchi bilan yaqin vaqt ichida yangi shartnoma tuzishni istamoqda. Amaldagi kelishuv joriy mavsum yakunlanganidan so‘ng o‘z nihoyasiga yetadi.
"Avval ham aytganimdek, men "Bavariya"da juda baxtliman. Muzokaralar davom etmoqda. Muxlislar menga ko‘rsatayotgan qo‘llab-quvvatlashni juda qadrlayman", — deya Keynning so‘zlarini Bayern & Germany keltirdi.
Juma kuni 33 yoshli hujumchi Bundesligada Berlinning "Union" klubiga qarshi o‘yinda dubl qayd etdi. Uchrashuv "Bavariya"ning 7:0 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi.
Keyn Bundesligada 100 ta gollik marraga atigi 98 ta o‘yinda yetib, Germaniya chempionati rekordini o‘rnatdi. "Union"ga qarshi bahsdagi ikkinchi gol esa uning Bundesligadagi 101-goli bo‘ldi.













