Kirish Ro'yxatdan o'tish
25/09 10:00 O‘zbekiston 3-0 Saudiya Arabistoni
25/09 15:30 Janubiy Koreya 4-0 Vyetnam
26/09 11:00 Xitoy - Tailand
26/09 15:30 Yaponiya - KXDR

Aguero nega APL Chempionlar ligasidan qiyinroq ekanini tushuntirdi

Aguero nega APL Chempionlar ligasidan qiyinroq ekanini tushuntirdi

Baho:
+ | -

«Manchester Siti» sobiq hujumchisi Serxio Aguero Angliya Premyer-ligasi va Chempionlar ligasini o‘zaro solishtirdi.

«Premyer-liga nihoyatda talabchan musobaqa. U Chempionlar ligasiga qaraganda ancha ko‘proq jismoniy kuch talab qiladi. APLdagi barcha o‘yinlar jismoniy jihatdan juda og‘ir o‘tadi.

Chempionlar ligasida esa barcha jamoalar yaxshi futbol o‘ynashga, hujumni o‘z darvozasi oldidan boshlashga va to‘pni nazorat qilishga harakat qiladi. Shuning uchun u yerda biroz osonroq. Premyer-liga esa butunlay boshqa futbol. Hatto turnir jadvalining so‘nggi pog‘onasidagi jamoa ham seni mag‘lub etishi yoki juda katta muammo tug‘dirishi mumkin», — dedi Aguero Stake Football'ga bergan intervyusida.

Aguero Yevropada «Atletiko», «Manchester Siti» va «Barselona» safida to‘p surgan.

Argentinalik futbolchi Angliya Premyer-ligasida jami 275 ta o‘yin o‘tkazib, 185 ta gol urgan va 48 ta golli uzatmani amalga oshirgan.

Chempionlar ligasida esa u 79 ta uchrashuvda maydonga tushib, 41 ta gol va 8 ta assist qayd etgan.

Kiritildi: 12:04, 19.09.2026.
O'qildi: 765 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик