«Barselona» vingeri Lamin Yamal «Bavariya» ishtirokidagi o‘yinlarni tomosha qilish unchalik qiziq emasligini tan oldi. Biroq 19 yoshli futbolchining bu fikri aslida myunxenliklarga nisbatan maqtov sifatida yangraydi. Chunki uning nazarida «Bavariya» aksariyat uchrashuvlarda raqiblaridan shu qadar ustun bo‘ladiki, bahslarda intriga deyarli qolmaydi.
«Rostdan ham «Bavariya» o‘yinlarini tomosha qilishni yoqtirmayman. Ular o‘z chempionatida baribir ustunlik qilishini oldindan bilaman. Bu tushunarli. Hatto Chempionlar ligasining umumiy bosqichida ham odatda «Bavariya» o‘yinlarini ko‘rmayman, chunki ular raqiblaridan juda yaqqol ustun bo‘ladi, degan taassurot paydo bo‘ladi», — deya Yamalning so‘zlarini The Touchline keltirdi.
Juma kuni Vensan Kompani boshqarayotgan «Bavariya» Bundesliga doirasida Berlinning «Union» klubini 7:0 hisobida tor-mor etdi.













