Italiya A Seriyasining 5-turida «Monsa» «Sassuolo»ni 2:1 hisobida mag‘lub etdi. Uchrashuvdan so‘ng jamoa bosh murabbiyi Ivan Yurich natijadan mamnun ekanini bildirib, «Monsa» yaxshi mavsum o‘tkazishi mumkinligini ta’kidladi.
«Yigitlar uchun juda xursandman, chunki ularga bu uch ochko va o‘ziga bo‘lgan ishonch juda kerak edi. Ularning ko‘pchiligi A Seriyada ilk bor o‘ynayapti. Menimcha, uchrashuvni juda yosh tarkib bilan yakunladik. Ulardan xursandman.
Ayniqsa, bugungi o‘yinning birinchi bo‘limi biz uchun eng qiyin pallalardan biri bo‘ldi. Shunga qaramay, yaxshi chempionat o‘tkazishimiz mumkin, deb o‘ylayman», — deya Yurichning so‘zlarini derbyderbyderby.it keltirdi.
Bu «Monsa»ning joriy mavsumdagi ilk g‘alabasi bo‘ldi.













