Argentina terma jamoasining sobiq futbolchisi Serxio Aguero Lionel Messining milliy jamoadagi faoliyatini yakunlashi uning klub miqyosidagi karyerasini uzaytirishga yordam berishi mumkinligi haqida fikr bildirdi.
«Buni hech qachon aniq bilib bo‘lmaydi, ammo hozir u juda xotirjam ko‘rinadi va futboldan zavq olyapti. U ko‘p yillar davomida terma jamoa uchun bor kuchini berdi va eng muhim maqsadga — jahon chempionligiga erishdi.
Terma jamoadagi faoliyatini yakunlashi unga tiklanish uchun ko‘proq vaqt beradi. Balki shu orqali u iloji boricha uzoqroq futbol o‘ynay olar. Ammo qachon to‘xtash kerakligini o‘zi his qilgan paytda qaror qabul qiladi.
Biz, argentinaliklar, u bilan faxrlanamiz va qilgan barcha ishlari uchun undan minnatdormiz», — deya Agueroning so‘zlarini Stake Football keltirdi.
Avvalroq Lionel Messi Argentina terma jamoasidagi faoliyatini yakunlashini ma’lum qilgan edi. U oktyabr oyida milliy jamoa safida xayrlashuv uchrashuvini o‘tkazadi.













