«Barselona» bosh murabbiyi Xans-Diter Flik Rafinya Diasning joriy mavsumdagi o‘yiniga baho berdi.
Mavsum boshida nemis mutaxassisi jamoa sardorini hujumchi pozisiyasiga o‘tkazdi va bu qaror darhol samara berdi. Braziliyalik futbolchi 8 ta uchrashuvda 14 ta gol urdi va 3 ta golli uzatma amalga oshirdi.
«Rafinyaning bunday natijalaridan umuman hayron emasman. U Lamin Yamal kabi o‘ziga xos futbolchi. Ikkalasi ham eng yaxshilardan. Hujumning hal qiluvchi bosqichida ularning harakatlari deyarli mukammal», — dedi Flik.
Rafinya so‘nggi ikki uchrashuvda ketma-ket xet-trik qayd etdi. U shanba kuni «Sevilya» darvozasiga uchta gol urgan bo‘lsa, uch kun avval «Rasing»ga qarshi 7:2 hisobida yakunlangan bahsda ham xet-trik muallifi bo‘lgan.













