Shanba kuni "Barselona" La Liganing 7-turida safarda "Sevilya"ni 3:1 hisobida mag‘lub etib, g‘alabali seriyasini davom ettirdi.
Mezbonlar 19-daqiqada hisobni ochdi, ammo kataloniyaliklar o‘yin taqdirini o‘zgartirishga muvaffaq bo‘ldi. Bunda Rafinya Diasning xet-trigi hal qiluvchi ahamiyat kasb etdi.
"Menga juda qiyin. Zaxira o‘rindig‘iga qarayman va yetarlicha o‘yin amaliyotiga ega bo‘lmayotgan ko‘plab futbolchilarni ko‘raman. Tarkibni belgilashda biz doimo jamoa manfaatlaridan kelib chiqamiz", — dedi Flik matbuot anjumanida.
"Barselona" kamida kelasi oyga qadar Ispaniya chempionati turnir jadvalida peshqadamlikni saqlab qoladi.
Kataloniyaliklar navbatdagi uchrashuvini 10 oktyabr kuni o‘z maydonida "Xetafe"ga qarshi o‘tkazadi.













