Fransiya terma jamoasining sobiq hujumchisi Tyerri Anri Muhammad Salohning Turkiyadagi muvaffaqiyati haqida fikr bildirdi.
Misrlik futbolchi «Trabzonspor»ning «Galatasaroy»ga qarshi shanba kungi uchrashuvida xet-trik qayd etdi. Bahsda «Trabzonspor» amaldagi chempionni 4:0 hisobida yirik hisobda mag‘lub etdi.
«Endi hamma Saloh hech qachon “Liverpul” uchun muammo bo‘lmaganini ko‘ryapti. Balki muammo klub rahbariyatidadir, ammo misrlik qirolda emas. Tasavvur qiling, u Turkiyaning eng yaxshi klublaridan biri bo‘lgan “Galatasaroy”ga qarshi o‘yinda ilk xet-trigini qayd etdi. Bunday futbolchiga hurmat bilan munosabatda bo‘lish kerak», — dedi Anri.













