Kirish Ro'yxatdan o'tish
25/09 10:00 O‘zbekiston 3-0 Saudiya Arabistoni
25/09 15:30 Janubiy Koreya - Vyetnam
26/09 11:00 Xitoy - Tailand
26/09 15:30 Yaponiya - KXDR

Superliga. "Andijon" — "Nasaf". O‘zaro o‘yinlar tarixi

Superliga. "Andijon" — "Nasaf". O‘zaro o‘yinlar tarixi

Baho:
+ | -

O‘zbekiston Superligasining 22-turi doirasida bugun "Andijon" va "Nasaf" jamoalari o‘zaro bahs olib boradi.

Uchrashuv Andijon shahridagi "Bobur Arena" stadionida o‘tkaziladi va soat 17:15 da start oladi. Bahs "Sport TV" telekanali orqali jonli efirda namoyish etiladi.

Jamoalarning o‘zaro uchrashuvlari statistikasida "Nasaf" katta ustunlikka ega. Qarshiliklar 29 marta g‘alaba qozongan bo‘lsa, "Andijon" hisobida 7 ta g‘alaba bor. O‘zaro bahslarda qayd etilgan gollar nisbati ham "Nasaf" foydasiga — 101:52.

"Andijon"ning "Nasaf" ustidan eng yirik g‘alabasi 6:0 hisobida qayd etilgan. Qarshi klubi esa andijonliklarni eng katta farq bilan 8:1 hisobida mag‘lub etgan.

Ayni paytda jamoalar turnir jadvalida yonma-yon bormoqda. "Nasaf" 21 ta o‘yindan keyin 31 ochko bilan 7-o‘rinni egallab turgan bo‘lsa, "Andijon" 30 ochko bilan 8-pog‘onada joylashgan. Demak, bugungi uchrashuv turnir jadvali nuqtai nazaridan ham muhim ahamiyat kasb etadi.

Uchrashuv: "Andijon" — "Nasaf"
Sana: 20 sentyabr
Vaqt: 17:15
Stadion: "Bobur Arena"
Translyasiya: "Sport TV"

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 11:53, 20.09.2026.
O'qildi: 656 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик