«Atletiko» himoyachisi Mark Pubil «Real»ga qarshi derbi oldidan yulduz hujumchilarga qarshi o‘yin haqidagi savolga javob berdi.
«Mbappe, Vinisius va Bellingemga qarshi o‘ynashdan qo‘rqamanmi? Ular ajoyib futbolchilar va ularning jamoasi ham kuchli. Ammo biz ham kuchlimiz va maydonda ularni mag‘lub etishga harakat qilib, bor kuchimiz bilan kurashamiz. Shuning uchun yo‘q — hech qanday qo‘rquv yo‘q», — deya Pubilning so‘zlarini Marca keltiradi.
«Atletiko» va «Real» Ispaniya La Ligasining 7-turidagi uchrashuvni Toshkent vaqti bilan 19:15 da boshlaydi.
«Real» Ispaniya chempionatining dastlabki 6 turida 15 ochko jamg‘argan.













