«Arsenal» Martin Subimendining ehtimoliy ketishini inobatga olib, yarim himoya chizig‘ini kuchaytirishni rejalashtirmoqda. London klubining radarida «Barselona»da endilikda «teginilmas» maqomiga ega bo‘lmagan poluzashitnik Frenki de Yong bor edi. Niderlandiyalik futbolchi Xans-Diter Flikning rejalaridagi o‘z pozisiyasini yo‘qotdi va «ko‘k-anorranglilar» uni sotishga tayyor. De Yongning maoshi ham e’tiborga olinmoqda – uning sotilishi kataloniyaliklarga sezilarli darajada byudjetni bo‘shatish imkonini beradi.
Shu bilan birga, «Barselona» de Yongni arzon narxga sotishga niyat qilmayapti. Kataloniyaliklar niderlandiyalik futbolchini kamida 60 million yevroga baholashdi. Narxni bilgach, «Arsenal» Frenki nomzodidan voz kechdi. Bu haqda La Gazzetta dello Sport manbasiga tayanib El Nacional xabar bermoqda.
29 yoshli Frenki de Yongning «Barselona» bilan amaldagi shartnomasi 2028/2029 yilgi mavsum yakuniga qadar mo‘ljallangan.













