Ispaniya chempionati 6-turining markaziy uchrashuvida «Atletiko» shahardoshi «Real»ni 2:1 hisobida mag‘lub etdi.
Bu «matraschilar» faxriysi Koke uchun «Real»ga qarshi «Atletiko» libosidagi 28-uchrashuv bo‘ldi.
Shu tariqa, u madridliklar derbisida 27 ta o‘yin o‘tkazgan Abelardo Rodrigesning avvalgi rekordini yangiladi.
Ushbu g‘alabadan keyin «Atletiko» «Barselona»ning asosiy ta’qibchilaridan biriga aylandi. Ayni paytda Diyego Simeone shogirdlari kataloniyaliklardan 5 ochko ortda bormoqda.
Keyingi uchrashuvda «Atletiko» safarda «Alaves»ga qarshi maydonga tushadi.













