Myunxenning «Bavariya» klubi markaziy himoyachisi Kim Min Je Yevropa transfer bozorida bir qator klublar e’tiborini tortmoqda. Bu haqda insayder Ekrem Konur ijtimoiy tarmoqlarda ma’lum qildi.
Manbaga ko‘ra, koreyalik futbolchini o‘z safiga qo‘shib olishga «Yuventus», «Milan», «Tottenxem» va «Aston Villa» qiziqish bildirmoqda.
«Bavariya» esa futbolchining kelajagi bo‘yicha bir qarorga kelish uchun dekabr oyida u bilan muzokara o‘tkazishni rejalashtirmoqda.
29 yoshli himoyachi 2023 yil yozidan beri «Bavariya» safida to‘p tepmoqda. Uning klub bilan shartnomasi 2028 yil o‘rtalarigacha amal qiladi.
Kim Min Jening bozor qiymati 20 million yevroga baholanmoqda.













