Kirish Ro'yxatdan o'tish
25/09 10:00 O‘zbekiston 3-0 Saudiya Arabistoni
25/09 15:30 Janubiy Koreya - Vyetnam
26/09 11:00 Xitoy - Tailand
26/09 15:30 Yaponiya - KXDR

Mbappe Dembele bilan ziddiyat haqidagi mish-mishlarga javob berdi

Mbappe Dembele bilan ziddiyat haqidagi mish-mishlarga javob berdi

Baho:
+ | -

Matbuotda Kilian Mbappe va Usman Dembele o‘rtasida munosabatlar taranglashgani haqida xabarlar tarqalgan edi. Aytilishicha, Dembelega Mbappening matbuotda aytgan ayrim gaplari yoqmagan. Kilian ushbu mavzuga munosabat bildirdi.

«Men bu haqda Dembele bilan allaqachon gaplashganman. Hech qanday taranglik yo‘q, u mening do‘stim. Aslida hech qanday muammo mavjud emas, men mutlaqo xotirjamman. Shunchaki Millatlar ligasi va Fransiya terma jamoasi o‘yinlari paytida doim muhokama uchun qandaydir mavzu topish kerak bo‘ladi — ular ham shu mavzuni topishdi», dedi Mbappe.

25 sentyabr, juma kuni Fransiya terma jamoasi Millatlar ligasi doirasida Turkiyaga qarshi safar uchrashuvini o‘tkazadi.

Kiritildi: 18:06, 21.09.2026.
O'qildi: 1059 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик