«Yuventus» A Seriyaning 5-turi doirasida o‘z maydonida «Atalanta»ni 2:0 hisobida mag‘lub etdi.
Uchrashuvning 77-daqiqasida mezbonlarning ikkinchi golini Gleyson Bremer kiritdi. Braziliyalik himoyachi bosh bilan aniq zarba berib, raqib darvozasini ishg‘ol qildi.
29 yoshli futbolchi uchun bu 2022/23 yilgi mavsum boshidan buyon A Seriyada bosh bilan urilgan 12-gol bo‘ldi. Bu ko‘rsatkich bo‘yicha Bremer Viktor Osimxenga tenglashdi.
Olivye Jiru va Duvan Sapata esa shu davr mobaynida bosh bilan 11 tadan gol urgan.













