Madridning "Real" klubi sobiq futbolchisi Nacho Fernandes yakshanba kuni "Atletiko"ga qarshi o‘tgan derbidagi hakamlik haqida fikr bildirdi.
"Real" uchrashuvda 1:2 hisobida mag‘lub bo‘ldi. Jamoa 50-daqiqadan boshlab himoyachi Din Xyoysen maydondan chetlatilgani sabab bir kishi kam bo‘lib harakat qildi.
Birinchi bo‘lim oxirida "Atletiko" hujumchisi Li Kan In ham qizil kartochka olishi mumkin edi. U Federiko Valverdega nisbatan qo‘pol harakat qildi, ammo hakam futbolchini maydondan chetlatmadi. Keyinchalik bu qaror rasman xato deb tan olindi.
"Menimcha, hakam har ikki holatda ham qizil kartochka ko‘rsatishi kerak edi. Agar ikkita chetlatish bo‘lganida, o‘yin butunlay boshqacha kechardi", — dedi Nacho El Larguero nashriga bergan intervyusida.
Derbidagi barcha gollar Xyoysen maydondan chetlatilganidan keyin urildi.













