"Liverpul" yarim himoyachisi Aleksis Mak Allister klubdagi kelajagi haqida fikr bildirdi.
Argentinalik futbolchining amaldagi shartnomasi yana ikki yilga mo‘ljallangan. U hozircha kelajagi bo‘yicha yakuniy qaror qabul qilinmaganini ta’kidladi.
"Hozircha yakuniy qaror yo‘q. Shartnomam bo‘yicha yana ikki yil bor.
Men bor kuchim bilan harakat qilishda davom etaman. Ikki yil ichida ko‘p narsa o‘zgarishi mumkin, variantlar ham yetarli.
Bu yer menga juda yoqadi. Umid qilamanki, klubda uzoqroq qolaman. Ammo agar hammasi shu ikki yil bilan cheklansa, bu ham meni qoniqtiradi", dedi Mak Allister.













