Kirish Ro'yxatdan o'tish
25/09 10:00 O‘zbekiston 3-0 Saudiya Arabistoni
25/09 15:30 Janubiy Koreya - Vyetnam
26/09 11:00 Xitoy - Tailand
26/09 15:30 Yaponiya - KXDR

Ferran Torres: «U mening to‘liq salohiyatimni ochib bera oladi»

Ferran Torres: «U mening to‘liq salohiyatimni ochib bera oladi»

Baho:
+ | -

Ferran Torres uni yozda «Barselona»dan «PSJ»ga o‘tishga ko‘ndirgan Luis Enrike bilan o‘rtasidagi o‘ziga xos munosabatlar haqida yana bir bor gapirdi.

«Menimcha, uning eng yaxshi fazilati — nihoyatda samimiy va oddiy inson ekani. Agar u sizga yaxshi yoki yomon biror narsa aytmoqchi bo‘lsa, to‘g‘ridan-to‘g‘ri aytadi. Futbolchilar esa bunga unchalik o‘rganmagan, chunki biz ko‘proq maqtov eshitishga odatlanganmiz.

Ammo u ham murabbiy, ham inson sifatida o‘ziga va yaqinlariga juda sodiq. Bu uning qanday inson ekani haqida ko‘p narsani aytib beradi. «PSJ» bilan shartnoma imzolashimdan oldin ham aytganimdek, men uni har doim futboldagi otadek inson deb bilganman», — dedi ispaniyalik hujumchi.

«Terma jamoada kamroq o‘ynayotgan paytimda menga birinchi bo‘lib ishonch bildirgan ham u edi. Menimcha, u mening to‘liq salohiyatimni ochib bera oladigan murabbiy», — deya qo‘shimcha qildi Torres.

Torres Luis Enrikening ishonchini Parijdagi ajoyib starti bilan oqlamoqda. U «PSJ» safidagi dastlabki 6 ta uchrashuvida 7 ta gol urdi.

Kiritildi: 12:15, 22.09.2026.
O'qildi: 681 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик