Yozgi transfer oynasida yarim himoyachi Tijani Reynders «Manchester Siti»dan «Al-Kadisiya»ga o‘tdi. Niderlandiyalik futbolchi 28 yoshidayoq va «shaharliklar» safida bor-yog‘i bir mavsum o‘ynagach, Saudiya Arabistoniga yo‘l oldi. Reynders pul uchun ketganini yashirib o‘tirmadi.
«Faoliyatimni yakunlagach, ishlashni xohlamayman. Albatta, «Manchester Siti» bilan shartnomam tugaganidan keyin ham ishlashimga to‘g‘ri kelmas edi, ammo bu transfer oilamning keyingi avlodlari kelajagini ta’minlash imkonini beradi. Men buni yashirmayman. Ushbu shartnomaga imzo chekib, men hatto navaralarimning moliyaviy barqarorligini ta’minlay olaman, xo‘sh, nega buni qilmasligim kerak?
Pul uchun ketganim sababli bildirilayotgan tanqidlarmi? Men odamlarni buning uchun ayblay olmayman. Ammo senga shunday maosh taklif qilishsa, «yo‘q» deb ko‘r-chi. Hamma «voz kechardim» deyishi mumkin, lekin ishonchim komilki, odamlarning ko‘pchiligi rozi bo‘lardi. Bunday puldan voz kechish deyarli imkonsiz», - deydi Reyndersning so‘zlarini The Touchline nashri.
«Al-Kadisiya» hozirda Pro-liga turnir jadvalida to‘rtinchi o‘rinni egallab turibdi.













