Mutaxassis Jorje Jezush Millatlar ligasida to‘rtta o‘yindan iborat turkum uchrashuvlar oldidan Portugaliya terma jamoasi rulidagi debyutiga tayyorgarlik ko‘rmoqda. Bular Daniya, Uels va ikki marta Norvegiya terma jamoasiga qarshi o‘yinlar bo‘ladi.
derbyderbyderby.it nashrining Portugaliyaning A Bola nashriga tayanib xabar berishicha, Jezush debyut bilan bir vaqtda milliy terma jamoaning yangi rekordini o‘rnatadi. U 72 yoshida terma jamoa tarixidagi eng yoshi ulug‘ bosh murabbiyga aylanadi va 68 yoshida terma jamoani boshqargan Fernandu Santushdan to‘rt yoshga o‘zib ketadi.
Eslatib o‘tamiz, Jezush Portugaliya terma jamoasidan oldin Krishtianu Ronaldu to‘p suradigan «An-Nasr» klubini boshqargan edi.













