«Real» yulduzi Kilian Mbappe fransiyalik vatandoshi Maykl Oliseni «Santyago Bernabeu»ga ko‘chib o‘tishga hech qachon undamaganini aytdi. U buni «Bavariya»ga nisbatan hurmatsizlik deb hisoblashini ta’kidladi.
«Olise va «Real»? Bu haqdagi xabarlarni ko‘rdim, ammo futbolchiga klubini tark etishni maslahat berish hurmatsizlik bo‘lardi, deb o‘ylayman. Bu «Bavariya»ga nisbatan adolatsizlik bo‘lardi.
Ayniqsa, «Bavariya» Maykl katta yutuqlarga erisha oladigan buyuk klub. Albatta, dunyodagi har qanday klub Maykl Oliseni o‘z safida ko‘rishni istaydi. U juda yuqori saviyadagi futbolchi», — dedi Mbappe.
«Real» prezidenti Florentino Peres yozda Oliseni xarid qilish uchun jiddiy harakat qilgan. Biroq «Bavariya» futbolchini sotishdan bosh tortgan.
Shundan so‘ng La Liga giganti Yan Diomandeni 125 million yevroga xarid qildi.













