Kirish Ro'yxatdan o'tish
25/09 10:00 O‘zbekiston 3-0 Saudiya Arabistoni
25/09 15:30 Janubiy Koreya - Vyetnam
26/09 11:00 Xitoy - Tailand
26/09 15:30 Yaponiya - KXDR

David Alaba yangi klubini tanladi

David Alaba yangi klubini tanladi

Baho:
+ | -

Madridning «Real» va Myunxenning «Bavariya» klublaridagi o‘yinlari bilan tanilgan avstriyalik himoyachi David Alaba Italiya chempionatiga ko‘chib o‘tishga yaqin.

Insayder Fabrisio Romano ijtimoiy tarmoqlarda xabar berishicha, 34 yoshli futbolchi «Udineze»ga o‘tish bo‘yicha og‘zaki kelishuvga erishgan.

Alaba ayni paytda erkin agent maqomida bo‘lgani uchun Italiya klubiga tekinga qo‘shiladi.

David o‘tgan mavsum Ispaniya La Ligasida 11 ta uchrashuvda maydonga tushib, bitta sariq kartochka olgan.

Italiya chempionatining dastlabki besh turidan keyin «Udineze» to‘rt ochko bilan turnir jadvalida 15-o‘rinni egallab turibdi.

Kiritildi: 13:12, 23.09.2026.
O'qildi: 1416 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик