Madridning «Real» klubi sobiq futbolchisi Luish Figu «qaymoqranglilar» hujumchisi Kilian Mbappe haqidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
— U har doim juda yuqori darajada bo‘ladi. U hujumlarni yakunlash borasida dunyodagi eng yaxshilardan biri, — dedi Figu Radio MARCAʼga.
Joriy mavsumda 27 yoshli Mbappe barcha musobaqalarni inobatga olgan holda sakkizta o‘yinda maydonga tushib, raqiblar darvozasini sakkiz marta ishg‘ol etdi. Bundan tashqari, fransuz hujumchisi hisobida ikkita golli uzatma ham bor.
Yetti turdan so‘ng «Real» 15 ochko jamg‘arib, Ispaniya chempionati turnir jadvalida to‘rtinchi o‘rinni egallab turibdi. Peshqadam «Barselona»dan ortda qolish olti ochkoni tashkil etmoqda.













