Fransiya Kassasiya sudi «PSJ» va Marokash terma jamoasi himoyachisi Ashraf Xakimiy tomonidan berilgan shikoyatni rad etdi hamda uni sud jarayoniga jalb qilish haqidagi qarorni o‘z kuchida qoldirdi. Bu haqda AJEL xabar bermoqda.
24 yoshli ayol 2023 yilning fevral oyida polisiyaga murojaat qilib, Xakimiy uni zo‘rlaganini ma’lum qilgan edi. Polisiya ma’lumotlariga ko‘ra, u futbolchi bilan o‘sha yilning yanvar oyida ijtimoiy tarmoqlar orqali tanishgan. Joriy yilning iyun oyida Versal Apellyasiya sudi Xakimiy ishini ko‘rib chiqish uchun sudga yuborish to‘g‘risida qaror qabul qilgandi. Futbolchi ushbu qaror ustidan Fransiya Kassasiya sudiga shikoyat kiritgan va endilikda rad javobini oldi.
Xakimiy sud surishtiruvi boshlanganidan beri qo‘yilayotgan ayblovni inkor etib kelmoqda.













