«Barselona» sport direktori Deku Madridning «Real» klubi bosh murabbiyi Joze Mourinyo haqida nimalar fikrlashini so‘zlab berdi.
Portugaliyalik mutaxassis joriy mavsum boshlanishi oldidan «qaymoqranglilar» ustoziga aylandi — u 13 yildan so‘ng yana klubga qaytdi.
«Mourinyoning qaytishi — liga uchun ajoyib voqea. Raqib sifatida u vazifamizni murakkablashtiradi, ammo men uning uchun xursandman. O‘ylashimcha, Joze — tarixdagi eng yaxshi murabbiylardan biri. Endi u dunyoning eng yaxshi klublaridan biri bo‘lmish «Real»da. Bu Ispaniya chempionati uchun yaxshi. Bizni jiddiy sinov kutmoqda», — deydi o‘z vaqtida «Portu»da Mourinyo qo‘l ostida o‘ynagan Deku Barca Universal nashriga.
«Barselona» yetti turdan so‘ng 21 ochko jamg‘arib, La Liga turnir jadvalida peshqadamlik qilmoqda, «Real» esa 15 ochko bilan to‘rtinchi o‘rinni egallab turibdi.













