Avval xabar berganimizdek, tajribali avstriyalik himoyachi David Alaba bundan buyon Italiya chempionatida — «Udineze» sharafini himoya qiladi.
Alaba hozirda A Seriyada to‘p surayotgan barcha futbolchilar orasida eng ko‘p sovrin yutgan o‘yinchiga aylandi. Ayni paytda futbolchi hisobida 35 ta sovrin mavjud bo‘lib, ularning aksariyatini Madridning «Real» va Myunxenning «Bavariya» klublaridagi faoliyati davomida qo‘lga kiritgan.
Qizig‘i shundaki, Alaba ushbu ko‘rsatkich bo‘yicha «Real»dagi sobiq jamoadoshi, «Milan»da o‘ynayotgan xorvatiyalik Luka Modrichni ortda qoldirdi — unda butun faoliyati davomida 33 ta sovrin bor. Uchinchi o‘rinda esa Milanning «Inter» klubi yarim himoyachisi, armanistonlik Genrix Mxitaryan 28 ta sovrin bilan bormaqda.













