Angliya terma jamoasi va «Chelsi» yarim himoyachisi Morgan Rojers Krishtianu Ronaldu va Lionel Messi o‘rtasidagi raqobat haqidagi savolga javob berdi. JCH-2026 yarim finalida angliyaliklar Argentina terma jamoasiga imkoniyatni boy berishgan edi (1:2). O‘sha o‘yinda Messi ikkita golli uzatmaga mualliflik qilgan.
«Ronaldu har doim shaxsiy favoritim bo‘lib kelgan, ammo men jahon chempionatining o‘sha yarim finalida Messiga qarshi o‘ynadim. U 39 yoshda. Men bunga ishona olmadim. Uning o‘z pik darajasida qanday bo‘lganini hatto tasavvur ham qila olmayman. O‘ylashimcha, sport formasining eng yuqori nuqtasida unga qarshi umuman hech narsa qilib bo‘lmasdi, buning iloji yo‘q edi. O‘sha o‘yinda ham unga qarshi nimadir qilishning deyarli iloji bo‘lmadi, vaholanki uning yoshi 39 da edi!» — deydi Rojers Actu Foot nashrining CFC Unlocked manbasiga asoslanib X ijtimoiy tarmog‘ida bergan xabarida.













