Fransiya terma jamoasi tarkibida 1998 yilgi jahon chempioni Kristof Dyugarri «Real» va Fransiya terma jamoasi forvardi Kilian Mbappe haqida o‘z fikrlarini bildirdi.
«Mbappega uyg‘onishga to‘g‘ri keladi. U gollar urmoqda, bu borada hech qanday muammo yo‘q, ammo u endi turnirlarda g‘alaba qozonmayapti. «Real» bilan u boshqa hech narsa yuta olmayapti. Fransiya terma jamoasi bilan ham endi hech narsani qo‘lga kiritmayapti. Qaysidir paytda u kuboklarni yutishni boshlashi kerak bo‘ladi.
Zinedin Zidan ham Mbappega shu gapni aytadi: «Biz g‘alaba qozonishimizni xohlaysanmi yoki shunchaki o‘z gollaringni urib, o‘zingni ko‘z-ko‘z qilishning o‘zi yetarlimi?» Qaysidir paytda masala aynan shunday ko‘ndalang qo‘yiladi. Biz bir necha yildan beri hech narsa yuta olmayapmiz», — deydi Dyugarri Footmercato manbasiga.
Oldinroq Mbappe 2026 yildagi mukofotga o‘zini munosib da’vogar deb hisoblashini aytib o‘tgan edi.













