Kirish Ro'yxatdan o'tish
25/09 10:00 O‘zbekiston 3-0 Saudiya Arabistoni
25/09 15:30 Janubiy Koreya - Vyetnam
26/09 11:00 Xitoy - Tailand
26/09 15:30 Yaponiya - KXDR

Skaloni Messini xayrlashuv o‘yiniga qanday ko‘ndirganini aytdi

Skaloni Messini xayrlashuv o‘yiniga qanday ko‘ndirganini aytdi

Baho:
+ | -

Argentina terma jamoasi bosh murabbiyi Lionel Skaloni Lionel Messini oktyabr oyida xayrlashuv uchrashuvini o‘tkazishga ko‘ndirganini ma’lum qildi.

39 yoshli hujumchining Argentina terma jamoasi safidagi so‘nggi o‘yini 6 oktyabr kuni Buenos-Ayresda bo‘lib o‘tadi. Unda argentinaliklar Beninga qarshi maydonga tushadi.

"Bunday futbolchi bunday xayrlashuvga munosib. Shaxsan men qo‘limdan kelgan barcha ishni qildim. Biz uning nimalarni boshdan kechirganini yaxshi bilamiz. Shunga qaramay, u mahalliy muxlislar bilan xayrlashishni istadi.

Menimcha, aynan hozir unga munosib hurmat ko‘rsatishimiz kerak. Uning merosi abadiy qoladi. Men u bilan suhbatlashib, bu o‘yinni yaqin vaqt ichida o‘tkazish kerakligiga ishontirishga harakat qildim. Chunki keyin nima bo‘lishini hech qachon bilmaysiz", — dedi Skaloni.

Lionel Messi Argentina terma jamoasi safida 207 ta o‘yin o‘tkazib, 125 ta gol urgan.

Kiritildi: 10:08, 25.09.2026.
O'qildi: 684 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик