Madridning "Real" klubi markaziy himoyachisi Din Xyoysen "Atletiko"ga qarshi o‘tgan derbidagi hakamlik haqida fikr bildirdi.
"Real" ushbu uchrashuvda 1:2 hisobida mag‘lub bo‘ldi. Jamoa 52-daqiqadan boshlab bir kishi kam bo‘lib o‘ynadi, chunki Xyoysen qizil kartochka olib maydondan chetlatildi.
Biroq bahsda yana bir bahsli vaziyat yuz berdi. Birinchi bo‘lim oxirida Li Kan In Federiko Valverdega nisbatan qo‘pol o‘ynaganiga qaramay, hakam uni maydondan chetlatmadi. Bu qaror ko‘plab muhokamalarga sabab bo‘ldi.
"Agar "Atletiko"ga qarshi o‘yindagi barcha vaziyatlar aksincha bo‘lganida... Ishonchim komil, juda katta janjal ko‘tarilardi", — dedi Xyoysen.
21 yoshli futbolchi bu gapi bilan "Real" zarariga qabul qilingan bahsli hakamlik qarorlarini nazarda tutgan.
Shu bilan birga, Xyoysen o‘zining qizil kartochka olishida aybdor ekanini tan oldi va jamoaning mag‘lubiyati uchun mas’uliyatni o‘z zimmasiga oldi.













