Braziliyalik vinger Rafinya Dias Kataloniyaning «Barselona» klubida hujumchi pozisiyasidagi o‘yini haqida gapirib berdi.
«Mening forvard o‘rniga o‘tishim ikki yil davomida bir maromda kechdi. Menga bu pozisiyada o‘ynash yoqadi, hammasi ajoyib kechmoqda», — deydi braziliyalik futbolchi insayder Fabrisio Romanoning ijtimoiy tarmoqlarida keltirilgan xabarda.
Joriy mavsumda Rafinya sakkizta uchrashuvda maydonga tushib, o‘z hisobiga 14 ta gol va uchta assist yozib qo‘ydi.
29 yoshli futbolchining bozor qiymati 70 million yevroni tashkil etadi. Braziliyalik o‘yinchining shartnomasi 2028 yilning iyun oyi oxirida tugaydi.













