Kirish Ro'yxatdan o'tish
25/09 10:00 O‘zbekiston 3-0 Saudiya Arabistoni
25/09 15:30 Janubiy Koreya 4-0 Vyetnam
26/09 11:00 Xitoy - Tailand
26/09 15:30 Yaponiya - KXDR

Donnarumma: «Muxlislarni yana Italiya terma jamoasiga oshiq qilishimiz kerak»

Donnarumma: «Muxlislarni yana Italiya terma jamoasiga oshiq qilishimiz kerak»

Baho:
+ | -

Italiya terma jamoasi darvozaboni Janluiji Donnarumma jamoaning 2026 yilgi Jahon chempionatiga chiqa olmagani hali ham og‘riqli ekanini tan oldi.

«Bu bir necha oy juda uzoq davom etgandek tuyuldi. Hissiyotlarni so‘z bilan ifodalash qiyin, yoz biz uchun juda g‘alati o‘tdi.

Endi yangi davr boshlanmoqda va oldimizda juda muhim o‘yin bor. Muxlislar, albatta, xafa bo‘lgan. Endi biz ularni yana ruhlantirishimiz va Italiya terma jamoasi libosini yana sevishlariga erishishimiz kerak», — dedi Donnarumma.

U Italiyaning JCH-2026 yo‘llanmasidan mahrum bo‘lishiga sabab bo‘lgan Bosniya va Gersegovinaga qarshi uchrashuvni ham esladi.

«Bu haqda gapirish uchun og‘riq hali ham juda kuchli. Ammo oldinga harakat qilishimiz va kuchli terma jamoa qurishimiz kerak. Bu yo‘lda bosh murabbiy Manchini bizga juda katta yordam beradi.

Biz faol va agressiv futbol o‘ynashni, maydonda o‘z shartlarimizni raqibga o‘tkazishni xohlaymiz. 2021 yilgi Yevropa chempionati bizga juda ko‘p narsa o‘rgatdi. O‘sha yondashuvdan yana foydalanib, muxlislarni Italiya terma jamoasiga qaytadan oshiq qilishga harakat qilamiz», — dedi «Manchester Siti» darvozaboni.

Italiya terma jamoasi Millatlar ligasining 1-turida Belgiyani qabul qiladi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan 23:45 da boshlanadi.

Kiritildi: 16:29, 25.09.2026.
O'qildi: 454 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик