«Milan» «Kalyari»ning 2007 yilda tug‘ilgan senegallik hujumchisi Pol Mendiga qiziqish bildirmoqda. Italiya klubi skautlari so‘nggi bir necha uchrashuvda 196 santimetr bo‘yli futbolchini diqqat bilan kuzatgan.
«Milan» skautlari Mendining jismoniy tayyorgarligi, texnikasi va to‘psiz harakatlarini yuqori baholagan. Shu bilan birga, futbolchiga zarbalarni yakunlash borasida yanada o‘sish zarurligi qayd etilmoqda. «Milan» uni kelasi mavsumdan boshlab kelajak uchun investisiya sifatida tarkibga qo‘shish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda.
Italiyaning bir qator yirik klublari, jumladan «Inter» ham Mendiga qiziqish bildirgan. «Milan» esa yakuniy qaror qabul qilishdan oldin uni mavsum davomida muntazam kuzatib borishni rejalashtirmoqda.













