«Milan»dan «Lion»ga ijaraga berilgan Zaxari Atekame joriy mavsumni Fransiya klubida muvaffaqiyatli boshlaganiga qaramay, kelajagini Italiya jamoasi bilan bog‘layotganini aytdi.
22 yoshli shveysariyalik himoyachi «Lion» safida oltita uchrashuvda ikki gol va ikki golli uzatma qayd etdi. U «Milan»dagi birinchi mavsumini ham ijobiy baholab, jamoa safida o‘ynaganidan mamnun bo‘lganini ta’kidladi.
"Men "Milan" futbolchisiman. Hozir “Lion”daman, ammo qaytishni istardim", — dedi Atekame.
«Milan» futbolchini sotib olish huquqisiz ijaraga bergan. Bu qarorning asosiy maqsadi Atekamega ko‘proq o‘yin amaliyoti taqdim etish bo‘lgan.













