Kirish Ro'yxatdan o'tish
25/09 10:00 O‘zbekiston 3-0 Saudiya Arabistoni
25/09 15:30 Janubiy Koreya 4-0 Vyetnam
26/09 11:00 Xitoy - Tailand
26/09 15:30 Yaponiya - KXDR

Rummenigge: «Olise hozir Yamalga qaraganda ancha pishiq-puxta o‘yin ko‘rsatmoqda»

Rummenigge: «Olise hozir Yamalga qaraganda ancha pishiq-puxta o‘yin ko‘rsatmoqda»

Baho:
+ | -

«Bavariya» kuzatuv kengashi a’zosi Karl-Xayns Rummenigge myunxenliklar klubi futbolchisi Maykl Oliseni «Barselona» a’zosi Lamin Yamal bilan solishtirdi.

«U o‘z pozisiyasida istisnoiy mahoratga ega futbolchi. Ikkita bo‘lakcha ajralib turuvchi o‘yinchi bor — Olise va Lamin Yamal. Hozirgi kunda Olise ancha pishiq-puxta o‘yin ko‘rsatmoqda deb aytgan bo‘lardim», — dedi Rummenigge Abendzeitung manbasiga bergan intervyusida.

Shuningdek, Rummenigge Olisening jurnalistlar bilan muloqot qilishni xohlamagani sababli tanqid qilinayotganiga ham munosabat bildirdi.

«Futbolchi intervyu berishda emas, balki maydonda o‘zini ko‘rsatishini afzal ko‘raman. Mening nazarimda, ba’zi OAV buni haqiqiy kampaniyaga aylantirib yuborishdi. Ma’lumotimga ko‘ra, unda uzun-uzun intervyular berish bo‘yicha shartnomaviy majburiyat yo‘q».

Joriy mavsumda 24 yoshli fransiyalik vinger 7 ta o‘yinda 8 ta gol urib, 4 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.

Kiritildi: 06:22, 26.09.2026.
O'qildi: 407 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик