Kirish Ro'yxatdan o'tish
25/09 10:00 O‘zbekiston 3-0 Saudiya Arabistoni
25/09 15:30 Janubiy Koreya 4-0 Vyetnam
26/09 11:00 Xitoy - Tailand
26/09 15:30 Yaponiya - KXDR

Olise "Liverpul"ga rad javobini berdi — sababi ma’lum

Olise "Liverpul"ga rad javobini berdi — sababi ma’lum

Baho:
+ | -

"Bavariya" qanot hujumchisi Maykl Olise yozgi transfer oynasida "Liverpul"ga o‘tish imkoniyatini rad etgan. Bu haqda TEAMtalk xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, mersisaydliklar Olise bo‘yicha so‘rov yuborgan, ammo na "Bavariya", na futbolchining o‘zi muzokara olib borishni istagan.

Qayd etilishicha, fransuz futbolchisi Angliyaga qaytishni rejalashtirmayapti. Agar u kelajakda "Bavariya"ni tark etsa, faoliyatini La Ligada davom ettirishni xohlaydi. "Real" va "Barselona" ham bu vaziyatdan xabardor.

24 yoshli Olise joriy mavsumda barcha musobaqalar doirasida 7 ta o‘yinda maydonga tushib, 8 ta gol urdi va 4 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Transfermarkt ma’lumotiga ko‘ra, Olisening bozor qiymati 170 million yevroni tashkil qiladi.

Kiritildi: 10:43, 26.09.2026.
O'qildi: 738 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик