Kirish Ro'yxatdan o'tish
25/09 10:00 O‘zbekiston 3-0 Saudiya Arabistoni
25/09 15:30 Janubiy Koreya 4-0 Vyetnam
26/09 11:00 Xitoy - Tailand
26/09 15:30 Yaponiya - KXDR

"Milan" "Napoli" yarim himoyachisi bilan muzokara boshladi

"Milan" "Napoli" yarim himoyachisi bilan muzokara boshladi

Baho:
+ | -

"Napoli" yarim himoyachisi Andre-Frank Zambo-Angissa kelajakda klubini o‘zgartirishi mumkin. Bu haqda insayder Ekrem Konur ma’lum qildi.

30 yoshli kamerunlik futbolchiga "Milan" qiziqish bildirmoqda. Tomonlar allaqachon dastlabki muzokaralarni boshlagan.

"Rossoneri" Zambo-Angissani tekinga o‘z safiga qo‘shib olishi mumkin, chunki uning "Napoli" bilan amaldagi shartnomasi 2027 yil iyun oyi oxirida yakunlanadi.

Joriy mavsumda Zambo-Angissa Italiya chempionatida 4 ta o‘yinda maydonga tushdi, ammo gol yoki golli uzatma bilan ajralib turmadi.

Transfermarkt ma’lumotiga ko‘ra, yarim himoyachining bozor qiymati 15 million yevroni tashkil qiladi.

Kiritildi: 10:47, 26.09.2026.
O'qildi: 412 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик