Kirish Ro'yxatdan o'tish
25/09 10:00 O‘zbekiston 3-0 Saudiya Arabistoni
25/09 15:30 Janubiy Koreya 4-0 Vyetnam
26/09 11:00 Xitoy - Tailand
26/09 15:30 Yaponiya - KXDR

«Yuventus» Duglas Luis bo‘yicha qaror qabul qildi

«Yuventus» Duglas Luis bo‘yicha qaror qabul qildi

Baho:
+ | -

Turinning «Yuventus» klubi braziliyalik yarim himoyachi Duglas Luis vakillari bilan muzokara boshladi. Klub futbolchi bilan hamkorlikni uzaytirishga qaror qilgan. Bu haqda insayder Nikolo Skira ma’lum qildi.

Duglas Luis 2024 yil yozida «Aston Villa»dan «Yuventus»ga kelib qo‘shilgan edi. Uning turinliklar bilan amaldagi shartnomasi 2029 yil iyun oyi oxiriga qadar mo‘ljallangan.

Braziliyalik futbolchi joriy mavsumda «Yuventus» safida 6 ta o‘yinda maydonga tushdi, ammo gol yoki golli uzatma bilan ajralib turmadi.

Italiya chempionatining dastlabki besh turidan so‘ng «Yuventus» 10 ochko jamg‘arib, turnir jadvalida yettinchi o‘rinni egallab turibdi.

Kiritildi: 11:38, 26.09.2026.
O'qildi: 308 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик