«Bavariya» hujumchisi Xarri Keyn klub bilan shartnomani uzaytirish bo‘yicha olib borilayotgan muzokaralar haqida fikr bildirdi.
«Muzokaralar yaxshi ketyapti. Hamma mening «Bavariya»da baxtli ekanimni ko‘rib turibdi. Bu maydondagi o‘yinimdan ham, maydon tashqarisida aytgan gaplarimdan ham bilinib turibdi.
Menimcha, barchasi ochiq va samimiy tarzda kechyapti. Kelishuvga erisha olamiz, deb umid qilaman», — dedi Keyn.
Xarri Keyn 2023 yildan buyon «Bavariya» sharafini himoya qilib kelmoqda. 33 yoshli hujumchi joriy mavsumda barcha musobaqalarda 7 ta o‘yinda maydonga tushib, 6 ta gol urdi va 1 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Keynning «Bavariya» bilan amaldagi shartnomasi joriy mavsum yakunida o‘z nihoyasiga yetadi.













