«Barselona» himoyachisi Jerar Martin klubning uzoq yillik orzusi — Chempionlar ligasida g‘olib chiqish haqida fikr bildirdi.
Kataloniyaliklar so‘nggi bor Chempionlar ligasi kubogini 2015 yilda qo‘lga kiritgan. O‘tgan mavsumda «Barselona» chorak finalda «Atletiko»ga mag‘lub bo‘lgan, undan avvalgi mavsumda esa yarim finalgacha yetib borib, «Inter»ga imkoniyatni boy bergan edi.
«Biz Chempionlar ligasini yutish fikriga mukkasidan ketgan emasmiz, chunki bunday holat unchalik sog‘lom emas. Ammo bu mavsumda Chempionlar ligasida g‘olib chiqish haqida gap ketganda, bizda mukkasidan ketish va kuchli ishtiyoq o‘rtasidagi qandaydir his bor», — dedi Martin.
Xans-Diter Flik boshchiligidagi «Barselona» joriy mavsumda o‘tkazgan barcha 8 ta uchrashuvda g‘alaba qozondi. Jumladan, kataloniyaliklar Chempionlar ligasida «Feyenoord»ni 5:1 hisobida mag‘lub etdi.













