A Seriya 2026 yilgi Italiya Superkubogi formati va o‘tkazilish joyida o‘zgarishlar bo‘lishini e’lon qildi.
Endilikda sovrin g‘olibi yana bir o‘yinda aniqlanadi. Unda Italiya chempioni va mamlakat Kubogi g‘olibi o‘zaro bahs olib boradi.
2021 yildan beri ilk bor Superkubok uchrashuvi Italiyada o‘tkaziladi. A Seriya g‘olibi «Inter» va Italiya Kubogi sohibi «Lasio» 22 dekabr kuni Milandagi «San-Siro» stadionida to‘qnash keladi.
Eslatib o‘tamiz, so‘nggi to‘rt yil davomida Italiya Superkubogi g‘olibi Saudiya Arabistonida aniqlangan edi.
Shuningdek, 2023 yildan 2025 yilgacha musobaqada ikki emas, to‘rt jamoa ishtirok etgan: Italiya chempioni va vise-chempioni, Kubok sohibi hamda finalchi.













